Пазанда-бекажон сайтига хуш келибсиз!
                                
  • Бош сахифа
  • Менинг профилим
  • Чикиш              
  • Ассалому алайкум  Хурматли Мехмон                 
  • Сайтимиздаги рецепт ва расмларни муаллиф рухсатисиз кучириб олиш ёки бошка сайтларга жойлаш катьиян таькикланади. Рейептлардан факатгина Администратор рухсати билангина кучирма олиш мумкин                                 
   



Главная » 2013 » Август » 7 » Хачапури
18:18
Хачапури


Bu taom gruzinlarning milliy taomlaridan biri hisoblanadi. Xachapurining bir necha turlari mavjud:oshirma xamirdan tayyorlangan,go'shtsiz va hokazo...

Xamiriga:
1 dona tuxum,
1 st sut yoki suv,
1 ch/q tuz,
3-4 o/q o'simlik yog'i 
Ichiga:
200 gr qiyma,
200gr pishloq,
2 dona piyoz,
2 ta kartoshka 
Qovurish uchun:
1 st o'simlik yog'i 
Tayyorlanishi:Sutni idishga solamiz 
 

Tuxumni ham chaqib solamiz 
 
Tuz va o'simlik yog'ini qo'shib... 
 
Yaxshilab aralashtiramiz 
 
Unni solamiz 
 
Xamir qoramiz 
 
Uni 8 yoki 10zuvalaga bo'lamiz 
 
Ustini yopib,15-20 daqiqaga tindirib qo'yamiz.Ungacha qiyma masalliqlarini tayyorlab olamiz.Buning uchun sir,piyoz va kartoshkani yirik qirg'ichdan o'tkazamiz 
Qozonchaga yog' solib,piyozni 2 daqiqa qovurib olamiz 
 
So'ng,qiymani solib,qovuramiz 
 
Kartoshkani solib,tuz,kashnich urug'i va 2-3 qoshiq suv solib,10-15 daqiqaga dimlab 
qo'yamiz 
 
Tayyor zuvalamizni un sepilgan stolimizga qo'yamiz 
 
Ozgina un sepib,tarelka kattaligida jo'vada yoyib olamiz 
Sirni 4ga bo'lib olamiz.1 qismining yarmini xamir ustidan sepamiz 
 
Qiymaning 1/4qismini teramiz 

 
Keyin qolgan yarim sirni ham sepamiz 
 
Ikkinchi xamirni ham yoyib,xachapurini ustiga yopamiz va chetlarini mustahkamlab,tugib chiqamiz 
 

Yog' solingan tovada avval oldini... 
 
Keyin orqasini qovurib olamiz 
 

Прикрепления: Расм 1 · Расм 2
Булим: Хамир овкатлар | Курилди: 1602 | Жойлади: Мунирахон | Рейтинг: 2.0/1
Хамма хабарлар: 2
2 Мунирахон   (19.10.2013 14:04)
Rahmat  wink

1 Sakina   (05.10.2013 12:53)
Rahmat, menga tayyorlanish jarayoni bilan joylab borishiz juda ham yoqdi  smile

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]