Главная » 2013 Сентябрь 16 » Чуп шашлик
20:27 Чуп шашлик | |
Bu taom uyda tayyorlasa bo'ladigan shashliklarning eng mazalisi deb o'ylayman.Tayyorlab ko'rishni maslahat beraman Masalliqlar: Qiymasiga: *0,5 kg mol qiymasi *yarimta buxankaning yumshoq qismi yoki yarimta yopgan non *1 dona tuxum *2 ta yirik piyoz *murch,tuz,zira va kashnich urug'i Yuziga: *1-2 osh qoshiq qaymoq Tayyorlanishi: Piyozni yirik qirg'ichdan chiqarib,qiymaga qo'shamiz Buxanka ichidagi urvoqlarni maydalab,qo'shib yuboramiz Tuxumni chaqib,ziravorlarni solib... Qo'limizda yaxshilab aralashtiramiz 10 daqiqacha mushtlaymiz,mana bunday holatga keladi Qiymamizdan 17-18tacha zuvala uzib olamiz Zuvalalardan birini olib... Qo'limizda o'rtasini bosamiz Shashlik cho'pini ustiga qo'yib Ikki chetini birlashtirib,shashlik hosil qilamiz Ikki tomonini unga bulab olib... Yog' solingan tovada avval oldini... Keyin orqasini qovurib olamiz Yog' surilgan listga qovurib olingan shashliklarimizni solib,ustidan qaymoq suramiz Qizib turgan duxovkada 10 daqiqacha pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha! | |
|
Хамма хабарлар: 2 | |||||||
|